O‘zbekiston | 11:51 / 14.09.2015
3572
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda davlat ishchilarini yollash jarayoni takomillashtiriladi

Yagona interfaol davlat xizmatlari portalida hukumatning “Joylarda davlat boshqaruvi va ijroiya hokimiyati organlariga ishchilar yollash, shuningdek, ularning malakasini oshirish, kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.

Qaror loyihasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Hujjatning qabul qilinishi davlat ishchilarini yollashda barcha hududlarda va tashkilotlarda yagona standartlarning joriy qilinishini, shuningdek, malaka oshirish mexanizmlarining takomillashtirilishini ta'minlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish