O‘zbekiston | 12:04 / 15.09.2015
2478
1 daqiqa o‘qiladi

Gulistonda maxsus irrigatsiya xizmati tashkil etiladi

Guliston shahrida irrigatsiya tizimi uchun javobgar maxsus xizmat tashkil etiladi. Bu yangi idora irrigatsion drenaj obektlaridan foydalanish xizmati deb ataladi.

Aytilishicha, u Sirdaryo viloyat markazida moliya, qishloq va suv xo‘jaligi, iqtisodiyot vazirliklari va bir qator tegishli qo‘mitalar tomonidan tashkil etiladi.

Xizmatning vazifalari sirasiga yer osti suvlarini boshqarishning zamonaviy metodlarini joriy qilib borish, shahar melioratsiya va irrigatsion tizimi obektlari inshootlaridan maqsadli foydalanish singarilar kiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish