Jamiyat | 09:24 / 16.09.2015
3770
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri: Rossiyaning Asadni qo‘llab-quvvatlashi ixtilofning keskinlashishiga olib keladi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon muloqoti chog‘ida Rossiyaning Suriyada Bashar Asad hukumatini qo‘llab-quvvatlashi ixtilofning yanada keskinlashishiga olib kelishi mumkinligini aytdi.

AQSh Davlat departamenti matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Asadga berilayotgan yordam ekstremizmni qo‘llab-quvvatlash deb ham baholanishi mumkin.
Bundan tashqari, Kerri IShIDga qarshi kurashayotgan koalitsiyaga hech qachon Asad hukumati kirmasligini ta'kidlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish