Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:49 / 17.09.2015
3464
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiyalik erkak Hajga uchinchi marta piyoda boradi
Shu kunga qadar ikki marta piyoda Hajga qilgan saudiyalik erkak yaqinda uchinchi shunday safarni yakunlamoqda. Bu haqda Arabnews portali xabar bermoqda.
Nosir Jorulloh al-Qahtoniy ilgarigi ikkita safarini onasi va shahzoda Noifga atagan edi. Uchinchi safar esa Saudiya Arabistoni asoschisi, qirol Abdulaziz xotirasiga bag‘ishlandi.
Aytilishicha, al-Qahtoniy o‘z sayohatini 24 avgust kuni boshlagan. Keyingi seshanba u o‘z manziliga yetib kelishi kutilmoqda.
U o‘z sayohatini videokameraga qayd qilib, internetga joylashtirib bormoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish