Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda pedofillar umrbodga qamaladigan bo‘ldi
Qozog‘istonda pedofillarga nisbatan jinoiy javobgarlik kuchaytirildi. Mamlakat tarixida birinchi marta yosh bolalarni zo‘rlaganlarga nisbatan umrbod qamoq jazosi belgilandi.
2015 yilning 1 yanvaridan amalga kiritilgan yangi jinoiy kodeksda zo‘ravonlarga nisbatan aynan mana shunday jazo chorasi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, sud ayrim narsalarni inobatga olgan holda jazoni biroz yumshatib, 15-20 yillik qamoq muddatini belgilashi mumkin.
“Yangi kodeks pedofillar uchun barcha tirqishlarni berkitib qo‘ydi, - deb yozdi advokat O‘tabekov Facebook’dagi sahifasida. – Ularga nisbatan shartli sudlanish; shartli va muddatdan ilgari ozod qilinish; har qanday eskilik muddatlari; jabrlanuvchi bilan yarashish; pushaymonlik yoki boshqalarning kafolati ostida ozod qilinish;
jazoning o‘talmagan qismini jarima yoki ozodlikni cheklash bilan almashtirish; bolalari borligi taqdirida jazo muddatini orqaga surish; amnistiya bekor qilindi. Ajoyib. To‘g‘ri, bunga erishgunimizga qadar uzoq yo‘l bosdik”.