Iqtisodiyot | 10:05 / 22.09.2015
4050
1 daqiqa o‘qiladi

Eron, Afg‘oniston va Hindiston xalqaro transport tranzit yo‘lkasini yaratadi

Eron yo‘llar va avtomobil transport tashkilotida bo‘lib o‘tgan ekspertlar kengashida Afg‘oniston va Hindiston bilan xalqaro transport tranzit yo‘lkasini yaratish borasidagi hamkorlik masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Iran.ru sayti xabar berdi.

Yig‘ilish ochilishida nutq so‘zlagan tashkilot vakili Muhammad Javod Atirchiyon ta'kidlashicha, ushbu masala bo‘yicha Chabaxar kelishuvi imzolanishi kutilmoqda. Uning aytishicha, bu tranzit yo‘lkasining yaratilishi mintaqaviy yetkazmalar hajmini sezilarli darajada oshirib, iqtisodiy o‘sishga sabab bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish