Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jiddadagi aeroportdan Haj mavsumida kuniga 800ta reys amalga oshirilmoqda
Haj mavsumida Jiddadagi qirol Abdulaziz nomidagi aeroportdan kuniga 800 reys amalga oshirilmoqda. Bu haqda Saudiya Arabistoni davlat fuqarolik aviatsiyasi organi raisi Sulaymon bin Abdulla al-Hamdon axborot berdi.
Al-Hamdon aeroportga tashrif buyurib, u ko‘rsatayotgan xizmatlar sifatini ko‘zdan kechirdi. U aeroport xizmatchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, ular ko‘rsatayotgan xizmatlarning yuqori sifatga ega ekanligini e'tirof etdi hamda ularga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, u Haj ziyoratchilariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarga alohida e'tibor qaratdi. Bunday xizmatlar Haj mavsumining boshidan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kun davomida ishlaydi.