O‘zbekiston | 18:44 / 23.09.2015
5296
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning 70-sessiyasida ishtirok etadi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015 yilning 24-27 sentabr kunlari BMT Bosh Assambleyasi 70-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadigan Barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT sammitida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimiz delegatsiyasining Nyu-York shahrida bo‘lishi chog‘ida sessiya ishida ishtirok etayotgan boshqa davlat vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish