Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:53 / 25.09.2015
2222
1 daqiqa o‘qiladi
Indoneziyada zilzila oqibatida 62 kishi aziyat chekdi
Indoneziyaning G‘arbiy Papua viloyatida 6.6 balli zilzila ro‘y berdi, deb xabar beradi AQSh geologiya xizmati. Asosiy silkinishdan so‘ng magnitudasi 4.3 va 3.9 ballga teng aftershok ham kuzatildi.
Episentr Sorong shahridan 28 km narida, 24 km chuqurlikda qayd qilindi. Tsunami xavfi yo‘q.
15 soniya davom etgan silkinishlar oqibatida 62 kishi aziyat chekkan, 200ta uy zararlangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish