Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Liviyada Yevropaga muhojirlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangan guruh yetakchisi o‘ldirildi
Liviyada Yevropaga odamlarni, xususan muhojirlarni noqonuniy o‘tkazish bilan shug‘ullangan guruh yetakchisi Saloh al-Maqsud o‘ldirildi, deb xabar bermoqda Lybia Herald nashri.
Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Liviya armiyasining sobiq zobiti bo‘lgan Al-Maqsud Tripolidagi qarindoshlarining uyidan o‘z tansoqchilari bilan ketayotganda qurollangan kishilar uning yo‘lini to‘sishgan.
Natijada otishma boshlangan va buning oqibatida Al-Maqsud va unga hamrohlik qilgan 8 nafar kishi o‘ldirilgan.
Nashrning ta'kidlashicha, bosqinchilar to‘pponchalardan foydalanishgan, Al-Maqsud odamlarida esa Kalashnikov avtomatlari bo‘lgan. Bosqinchilar professionallar bo‘lgani aytilmoqda, chunki ulardan birortasi ham halok bo‘lmagan.
Al-Maqsud Zuvara shahrida harakat qilgan, aynan shu yerdan odamlar qayiqlarda Sitsiliya bo‘g‘ozi orqali Yevropaga jo‘natilgan.