Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:12 / 28.09.2015
2860
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikistonda Nazarzoda guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan sobiq polkovnik qo‘lga olindi
Tojikiston quruqlik qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni, sobiq polkovnik Nazar Safarov Tojikiston maxsus xizmatlari tomonidan isyonchi general Abduhalim Nazarzoda guruhiga a'zolikda gumon qilinib qo‘lga olindi.
Bu haqda respublika milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi.
Aytilishicha, gumondor yakshanba tunida Dushanbeda o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida qo‘lga olingan. Qo‘mita vakilining ma'lum qilishicha, Nazarzoda tarafdorlaridan jami 140 kishi qo‘lga olingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish