Sport | 14:38 / 29.09.2015
2594
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldo Xitoyda 30ta futbol maktabi ochadi

Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo Xitoyda 30ta futbol maktabi ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda uning o‘zi Sinxua nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

"Bu yerda futbol u qadar rivojlanmagan bo‘lsada, ammo ulkan imkoniyatlar bor. Xitoyda futbol maktabi ochishimdan maqsad shuki - bu yerda futbolchilar va muxlislarni yanada ko‘paytirmoqchiman.
Xitoyda futbol juda keng tarqalgan, ammo hozirga qadar uni rivojlantirish bo‘yicha birorta aniq reja amalga oshirilmagan", - deydi Ronaldo.
U yosh futbolchilarni tarbiyalash orqali soha rivojiga hamda kerakli natijalarga erishishga umid bildirgan.
"O‘ylaymanki, Xitoy hukumati bu ishda meni qo‘llab-quvvatlaydi", deydi u.

Qayd etish kerakki, futbol hozirgi kunda xitoylik tadbirkorlar tomonidan jiddiy e'tibor qaratilayotgan sohaga aylanib bormoqda. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2014-15 yillar mavsumida ichki chempionatdagi jamoalar futbolchilarning transferlari uchun 121,5 mln dollar sarflagan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy Superligasi faqatgina APLdan ortda qolgan.

2016-2020 yillar mobaynida o‘tkaziladigan 5 mavsumdagi Superliga o‘yinlari translyatsiyasi huquqi 8 mlrd yuan (1,26 mlrd dollar) evaziga sotilgan.

Sohaga qaratilayotgan e'tibor ulkan ko‘lamda bo‘lsada, xalqaro maydonlarda natijalarga erishilmagan. Xitoy milliy terma jamoasi faqatgina bir marta, 2002 yilda JCh ishtirokchisi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish