Jahon | 18:00 / 30.09.2015
9113
1 daqiqa o‘qiladi

CNN: Rossiya Suriyada birinchi aviazarbani berdi

Rossiya Suriyada birinchi aviazarbani amalga oshirdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Aytilishicha, zarba Xums viloyatidagi nuqta bo‘yicha amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qurolli kuchlarni mamlakat tashqarisida qo‘llash haqidagi so‘rovnoma Federatsiya kengashi tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Rossiya samolyotlari allaqachon Suriya hududidagi harbiy operatsiyalarni boshlab yubordi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish