Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:16 / 03.10.2015
3642
1 daqiqa o‘qiladi
Farrux Do‘stov Turkiyada o‘tkazilayotgan musobaqaning birinchi finalchisi bo‘ldi
O‘zbekistonning ikkinchi raketka ustasi bo‘lmish Farrux Do‘stov Turkiyada o‘tayotgan, sovrin mablag‘i 42,4 ming yevro bo‘lgan “Chellenjyer” musobaqasining birinchi finalchisi bo‘ldi.
Do‘stov yarim finalda rossiyalik raketka ustasi Konstantin Kravchuk bilan 1 soatu 23 daqiqa o‘yin olib borib, raqibini 7:6 (4), 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Finaldagi uning raqibi Denis Molchanov (Ukraina) va Saket Mineni (Hindiston) o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv g‘olibidan so‘ng ma'lum bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish