Jahon | 20:47 / 04.10.2015
10976
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad Suriya va Iroqdagi terrorchilarning asosiy rahbarlari yevropaliklar ekanligini aytdi

Suriya hukumati rahbari Bashar Asadning ma'lum qilishicha, terroristlarning asosiy rahbarlari yevropaliklar bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda SANA xabar bermoqda.

U eron jurnalistlari savoliga javob berar ekan, terrorizmni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarni ma'lum qilishi haqida aytib o‘tgan. Ammo aynan qaysi davlat ekanligiga aniqlik kiritmagan.

“Shunisi qiziqki, terroristlarning aksariyati, musulmonlar, yanada aniq aytadigan bo‘lsak, arablardir. Ammo ularning boshliqlari yevropaliklardir. Katta ehtimol bilan Shimoliy Yevropadan”, — deb qo‘shimcha qilgan Suriya rahbari.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish