Jahon | 19:17 / 04.10.2015
9835
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Rossiyaning Suriyadagi xatti-harakatlarini “xato” deb atadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyaning Suriyada boshlab yuborgan operatsiyasini xato deb baholaydi. Bu haqda AFP agentligi yozmoqda.

“Rossiyaning Suriyadagi harakatlari kurakda turmaydi. Afsuski, Rossiya jiddiy xatoga yo‘l qo‘ymoqda”, - dedi u.

Ilgariroq Erdo‘g‘an Putin bilan ushbu masalani muhokama qilish niyatini bildirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish