Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:52 / 04.10.2015
9082
1 daqiqa o‘qiladi
Kemeron: Rossiyaning Suriyadagi harbiy harakatlari mudhish xatodir
Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Rossiyaning Suriyada harbiy harakatlar boshlash haqidagi qarorini “mudhish xato” deb atadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Ular o‘sha qassob Asadni qo‘llab-quvvatlamoqda, bu ular va butun dunyo uchun qo‘rqinchli xatodir. Bu mintaqani yanada beqaror qilib qo‘yadi”, - ta'kidladi siyosatchi.
Uning fikricha, Rossiya samolyotlarining aksar zarbalari IShID nazorati ostida bo‘lmagan hududlarga berilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish