Jahon | 09:26 / 06.10.2015
6513
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiya Suriyada yer usti operatsiyasi o‘tkazmoqchi

Rossiya Suriya hududida yirik yer usti harbiy operatsiyasi o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Rossiya yer usti operatsiyalarida qo‘llanadigan qurollarni mintaqaga yetkazayotgani Pentagonning tashvishiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ilgariroq shu kabi xabarlarning Rossiyaga qarshi olib borilayotgan axborot urushi mevalari ekanligini ta'kidlab o‘tgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish