Jahon | 14:05 / 06.10.2015
5187
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda MDH davlatlari rahbarlarining kengashi to‘planadi

16 oktabr kuni Qozog‘istonning Bo‘rabay qishlog‘ida MDH davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar qilinmoqda.

Yig‘ilishdan bir kun oldin Ostonada MDH tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Tadbirlarda turli yo‘nalishlardagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish