O‘zbekiston | 18:44 / 12.10.2015
9939
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda O‘zbekistonning 18 oliygohida attestatsiyadan o‘tkaziladi

Davlat test markazi 2015-2016 yillarda attestatsiyadan o‘tkaziladigan oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatini e'lon qildi.

Ushbu ro‘yxatga akkreditatsiya muddatlari tugagan 18 OTM nomi kiritildi.
Joriy yilning oxiriga qadar birinchi bo‘lib attestatsiyadan Toshkent avtomobil-yo‘l, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot va Toshkent kimyo-texnologiya institutlari o‘tkaziladi.

Attestatsiya chog‘ida oliy o‘quv yurtining davlat ta'lim standartlariga muvofiq ravishda kadrlar tayyorlash faoliyatini olib borishga layoqati tekshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish