Jahon | 15:49 / 12.10.2015
4463
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Qozog‘istonga bepul harbiy texnika yetkazib beradi

12 oktabr kuni Qozog‘iston mudofaa vazirligida idora boshlig‘i Imang‘ali Tasmag‘ambetovning xitoylik hamkasbi general-polkovnik Chan Vantsyuan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasida texnik hamkorlik borasidagi kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, XXR Qozog‘iston armiyasiga tralli tirkamalar va yuklash platformalarini yetkazib beradi.

Shuningdek, Qozog‘iston mudofaa vaziri Xitoy vakillarini Ostonada o‘tadigan KADeKS-2016 xalqaro harbiy texnika va qurollar ko‘rgazmasida ishtirok etishga chaqirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish