Jahon | 17:49 / 13.10.2015
4767
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiya Suriyada yetakchilikka intilmayapti

“Rossiya Suriyada yetakchilikka intilmayapti, terrorchilikka qarshi kurashga hissa qo‘shmoqchi, xolos. Suriyada faqat bitta yetakchi bo‘lishi mumkin – Suriya xalqi. Barcha harakatlarimiz BMT Yo‘riqnomasiga qat'iy mos keladi. Hamkasblarimiz, AQSh boshchiligidagi koalitsiyadan farqli ravishda. Ular 350 zarba berishdi. Natija bizga ma'lum – hech qanday natija yo‘q”, - dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Shuningdek, u Moskva Suriyadagi operatsiyasiga boshqa davlatlar ham qo‘shilishidan umid qilayotganini aytib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish