Jahon | 16:19 / 15.10.2015
3431
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp ayirmachilar MH17 halokatiga aloqador ekanligiga shubha bilan qaradi

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Malayziyaning Boeing-777 samolyoti halokatida Donbass ayirmachilarining qo‘li borligiga shubha bilan qaradi.

Uning so‘zlariga qaraganda, to‘plangan dalillar buning uchun yetarli emas.“Ular samolyotni urib tushirmaganliklarini aytmoqda. Bu ularning quroli bo‘lishi mumkin, lekin ular undan foydalanmagan.

Ochig‘i, haqiqatni hech qachon aniq bilmasak kerak”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish