Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odil Ahmedov: «Bugun «Anji» muxlislari uchun ham o‘ynadim»
«Krasnodar» jamoasining o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Odil Ahmedov «Anji»ga qarshi Maxachqal'ada bo‘lib o‘tgan o‘yindan (2:2) keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Nazarimda, yaxshi o‘yin bo‘ldi va u muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limda "Anji" biroz yaxshiroq o‘ynadi, ikkinchi bo‘limda esa biz yaxshi harakat qildik. Yakunda durang natija qayd etildi. Bu natija bizni ham, raqibni ham qanoatlantirmadi.
– Sobiq jamoangizga qarshi, sizni yaxshi ko‘rgan muxlislarga qarshi o‘ynash qiyin kechdimi?
– Men bu yerda yaxshi yillarni o‘tkazdim. Ba'zi muxlislar bilan hamon do‘stona aloqalarni saqlab qolganman. Bugun men ular uchun ham o‘ynadim.
– Bugungi «Anji» sizga yoqdimi?
– Ha, jamoa juda yaxshi o‘ynayapti. "Anji" jadvalning quyi qismida joylashishga munosib emas. Jamoaga muvaffaqiyatlar tilayman.