Jahon | 23:31 / 19.10.2015
4322
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni TIV: Asad muvaqqat boshqaruvchi organ yaratilguncha hokimiyat tepasida qolishi mumkin

Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatda muvaqqat boshqaruvchi organ yaratilguncha hokimiyat tepasida qolishi mumkin, deb aytdi 19 oktabrda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr. 

“Dunyo hamjamiyati Suriyada muvaqqat boshqaruvchi organi shakllantirilguncha Bashar Asad hokimiyat tepasida qolishiga ko‘nikishi mumkin”, deb aytdi al-Jubayr germaniyalik hamkasbi Frank-Valter Shtaynmayyer bilan Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijalari bo‘yicha. Al-Jubayr Saudiya Arabistoni “davlat institutlarini saqlab qolish maqsadida” bunday organning tashkil etilishini ijobiy qarshilashini ta'kidlab o‘tdi.

“Asadning Suriyada kelajagi yo‘q va buni hamma biladi”, deb aytdi o‘z navbatida Shtaynmayyer.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish