O‘zbekiston | 16:51 / 21.10.2015
4106
1 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi tadbirkorlikni himoya qilishning onlayn tizimini yaratdi

O‘zbekiston adliya vazirligi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasiga elektron texnologiyalarni joriy qilish maqsadida tadbirkorlikni himoya qilishning onlayn tizimini yaratdi.

Ushbu tizimdan foydalanish uchun raqamli imzo yordamida etk.minjust.uz saytiga kirish talab qilinadi.

U yerdagi barcha yozuvlar adliya vazirligiga kelib tushadi. Elektron shaklda yuborilgan arizalarning ko‘rib chiqilishi hamda shu asosda choralar ko‘rilishi kafolatlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish