Jahon | 08:46 / 21.10.2015
4279
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yevropada birinchi marta aksilraketa tizimini sinovdan o‘tkazdi

AQSh qurolli kuchlari birinchi marta Yevropada aksilraketa tizimi dasturi bo‘yicha sinovlar o‘tkazdi. TASS agentligining ma'lum qilishicha, ular Atlantika okeanida o‘quv ballistik raketasini yo‘q qilishgan.

“Bu «Stendard-3» Blok 1A tutuvchi raketasining birinchi marta AQShga tegishli bo‘lmagan raketa poligonidan uchirilishi va ballistik raketaning birinchi marta Yevropa harbiy harakatlar teatrida to‘xtatilishi bo‘ldi”, - deb xabar berdi AQSh harbiy dengiz kuchlari matbuot xizmati.

Ta'kidlanishicha, raketa Shotlandiyaning g‘arbiy qirg‘og‘idagi harbiy poligondan, “Ross” eskadrilya mina tashuvchisidan uchirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish