Sport | 02:27 / 22.10.2015
2996
2 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi, S guruhi: “Atletiko Madrid” “Astana”ni “Galatasaroy” esa “Benfika”ni tor-mor keltirdi

Chempionlar Ligasi, guruh bosqichi 3-turida S guruhi vakili Madridning “Atletiko” jamoasi Ostonaning “Astana” jamoasi futbolchilari ustidan Madridda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 4:0 hisobida ustun keldi.

Chempionlar Ligasi. S guruhi. 3-tur

“Atletiko” (Madrid, Ispaniya) – “Astana” (Ostona, Qozog‘iston) – 4:0

Gollar: Saul, 23 (1:0), Jyekson Martines, 29 (2:0), Oliver, 63 (3:0), Denis Dedichko (avtogol), 89 (4:0).

Ushbu to‘rtlikdan o‘rin olgan 2-uchrashuvda “Galatasaroy” o‘z maydonida Lissabonning “Benfika” klubini qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

Hisobni 2-daqiqada “Benfika” o‘yinchisi Nikolas Gaytan ochgan bo‘lsa, 19-daqiqada Selchuk Inan penaltidan hisobni tenglashtirdi. 33-daqiqada esa Lukash Padolskiy jamodoshlarini oldinga olib chiqdi.

“Galatasaroy” (Istambul, Turkiya) – “Benfeka” (Lissabon, Portugaliya) – 2:1

Gollar: Abubakar, 37 (1:0); Braimi, 41 (2:0).

S guruhida 3-turdan keyingi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. “Benfika” — 6 ochko; 2. “Atletiko” Madrid — 5; 3. “Galatasaroy” — 4; 4. “Astana” — 1.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish