Jahon | 12:18 / 26.10.2015
2694
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina prezidenti nomi saylovning ikkinchi turida aniqlanadigan bo‘ldi

Argentinadagi prezidentlik saylovlarida muxolifatchi nomzod Maurisio Makri 36,2 foiz ovoz to‘plagan holda birinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi Reuters.

Mahalliy saylov komissiyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, hozirda mamlakatda yetakchilik qilayotgan partiyadan nomzod sifatida ko‘rsatilgan Daniel Stsioli 34,7 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Natijada g‘olib nomi saylovning ikkinchi turida aniqlanadigan bo‘ldi. Mazkur tadbir 2 noyabr kuniga belgilangan.

Saylovda Stsiolining g‘alaba qozonishi bashorat qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish