Sport | 17:16 / 26.10.2015
3234
1 daqiqa o‘qiladi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyadagi xalqaro turnirda 3ta medal oldi

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘smirlar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari bitta oltin va ikkita kumush medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallashdi.

XXXI bor tashkil etilgan mazkur turnirda Temur Usmanoxunova (-60 kg) shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Umida Hamroqulova (-50 kg) va Bahodir Aslonov (- 96 kg) kumush medal bilan taqdirlanishdi.

9ta mamlakat vakillari ishtirok etgan turnirda birinchi o‘rinni mezbonlar, ikkinchi o‘rinni Rossiya terma jamoasi egalladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish