Jahon | 22:20 / 27.10.2015
4073
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyaga Suriyadagi koalitsiya harakatlariga xalaqit berishga yo‘l qo‘ymaydi

AQSh harbiylari Rossiyaga Suriyadagi halqaro koalitsiya harakatlariga xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymaydi, deb aytdi mudofaa vaziri Eshton Karter.

“Biz Rossiya bilan hamkorlik qilmaymiz va uni koalitsiya yo‘nalishiga ta'sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deb aytdi senatda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Eshton Karter.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqida jahon hamjamiyatini islom davlatlari ishtirokidagi keng halqaro aksilterrorchilik koalitsiyasini yaratishga chaqirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish