Hindiston Xitoy bilan bahsli hududlarda 6 mlrd dollarga avtotrassa qurmoqchi
Hindiston shimoli-sharqdagi Arunachal-Pradesh shtatida avtomagistral qurilishiga 6 mlrd dollar yo‘naltiradi. Bloomberg agentligining ma'lum qilishicha, bu hudud Hindiston va XXR o‘rtasida bahslarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Shtat tashqi ishlar vaziri Kiren Rijijuning so‘zlariga qaraganda, 2 ming km uzunlikdagi trassaning qurilishi 2018 yildan boshlanadi.
“Agar Xitoy hududning o‘ziga tegishli qismini rivojlantirsa, biz o‘zimizga tegishli qismini rivojlantiramiz”, - dedi u.
“Hindiston chegara bo‘ylab yashayotgan odamlarning ishonchini oqlay olmadi. Endi biz konkret qadamlar tashlaymiz”, - qo‘shimcha qildi vazir.
Arunachal-Pradesh 1962 yildagi Hindiston-Xitoy chegara urushidan so‘ng bahsli mintaqada tashkil etilgandir. Unda 1.4 mln hind istiqomat qiladi. Shtat aholisining uchdan bir qismi qashshoqlikda kun kechiradi.