Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:43 / 27.10.2015
1859
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonlik boulerlar Olma-otadagi Almaty Open turnirida 2ta medal olishdi
O‘zbekiston vakillari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bouling bo‘yicha o‘tkazilgan Almaty Open 2015 turnirida oliy o‘rinlarga ko‘tarilishdi.
Ma'lum qilinishicha, 2014-15 yillar mavsumida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Bekzod To‘xtaniyozov turnirning oltin medalini, yana bir o‘zbekistonlik sportchi Baxtiyor Dalaboyev esa kumush medalni qo‘lga kiritgan. Uchinchi o‘rindan qozog‘istonlik bouler Gennadiy Vologin joy egallagan.
Ushbu turnirda Qozog‘iston, O‘zbekiston va Rossiyadan kelgan 40 nafar bouler ishtirok etdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish