Sport | 20:27 / 27.10.2015
3709
1 daqiqa o‘qiladi

«Vest Hem» hujumchisi o‘zini o‘pmoqchi bo‘lgan fanat bilan mushtlashib ketdi

Angliyaning «Vest Hem» klubi hujumchisi Endi Kerroll 25 oktabr kuni boshqa bir ingliz jamoasi «Chelsi» muxlisi bilan mushtlashib ketdi, deya xabar beradi The Sun.

Manbaning xabar berishicha, mast holdagi londonlik muxlislardan biri futbolchi o‘tirgan yapon tamaddixonasida uni o‘pib olishga harakat qilgan. Shundan so‘ng voqea joyida janjal yuzaga kelgan. Faqatgina futbolchining shaxsiy qo‘riqchisi aralashuvi bilan janjal to‘xtagan.

Eslatib o‘tamiz, aynan Endi Kerrollning goli evaziga «Vest Hem» «Chelsi»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi.