Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyadagi yer usti maxsus operatsiyalari rejalari haqida ma'lumot berdi
AQSh Suriyaga IShID terrorchilariga qarshi kurashish uchun maxsus kuchlar yubormoqda. Bu haqda Associated Press agentligiga davlat rahbari ma'muriyatidagi yuqori lavozimdagi mansabdor shaxs xabar berdi.
Manbaning aytishicha, AQSh prezidenti Barak Obama Suriyaga 50 nafar mutaxassisdan iborat guruhni koalitsiya aviatsiyasi va yerdagi ittifoqchilar harakatlarini muvofiqlashtirish hamda o‘rtamiyona muholifatni qo‘llab-quvvatlash uchun yuborishga buyruq berdi. Agentlikka, shuningdek, AQShning qo‘shimcha F-15 qiruvchi va A-10 shturmchi samolyotlarini Turkiya harbiy-havo kuchlarining Injirlik bazasiga jo‘natishi rejasi ma'lum bo‘ldi.