Jahon | 11:32 / 04.11.2015
2980
1 daqiqa o‘qiladi

Oq Uy Rossiyaning Suriya bo‘yicha pozitsiyasida o‘zgarishlar ko‘rmadi

AQSh ma'muriyati Rossiyaning Suriyadagi inqirozni bartaraf qilish borasidagi pozitsiyasida biror-bir o‘zgarish ko‘rmayapti. Bu haqda Oq Uy matbuot kotibi Josh Ernest bayonot berdi.

U Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ilgariroq aytib o‘tgan fikrlarini izohladi.
“Ularning qarashlari o‘zgarganiga shubham bor, - dedi Ernest. – Ular o‘z strategiyalarini o‘zgartirishga tayyormi, noma'lum”.

U ikki davlat prezidenti sentabrda Nyu-Yorkda o‘tgan uchrashuvda siyosiy jarayonni boshlashga kelishib olganlarini eslatib o‘tdi.
“Ammo, - dedi Ernest, - Rossiyaning bugungi yondashuvi bunga to‘g‘ri kelmayapti”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish