Jahon | 16:24 / 05.11.2015
9369
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda zirhli harbiy mashina yadroviy quroli bor yuk mashinasiga urildi

AQShning Montana shtatida yadroviy qurolni olib ketayotgan yuk mashinasiga zirhli harbiy mashina urilib ketdi. Bu voqea aks etgan videolavha YouTube servisiga joylashtirildi.
Bomba zirhli mashinalar konvoyi kuzatuvida boshqa joyga o‘tkazilayotgan edi.

Harakat chog‘ida mashinalardan biri xavfli yukni olib ketayotgan mashinaga urilib ketgan. Zarba kuchsiz bo‘lgani bois konvoy to‘xtamay, harakatda davom etgan.
Videolavhaga qoldirilgan izohdan ma'lum bo‘lishicha, politsiya s'yomka olib borilayotganini sezib qolib, muallifga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish