Jahon | 02:11 / 10.11.2015
3670
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Obama Turkiyada o‘tadigan G20 sammitida muloqot qilishi mumkin

AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qaysidir ma'noda muloqot qilishlari mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestning ma'lumotiga asoslanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Men prezidentlar o‘rtasida ilgari bo‘lib o‘tgan tadbir yoki anjumanlarda ko‘tarilgan muzokaralar bo‘lib o‘tishini istisno qila olmayman”, — dedi Ernest.
Uning ta'kidlashicha, ikki tomon uchrashuvini tashkil etish borasidagi rejalar unga ma'lum emas.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Turkiyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ikki tomonlama uchrashuv grafigi tashkillashtirilmagani haqida ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish