Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda eng yaxshi yadroviy bomba sinovlar yakunlandi
AQSh modernizatsiyadan o‘tgan B61-12 atom bombasining yakuniy, uchinchi sinovlarini yakunladi. U o‘z ichiga yadroviy zaryadni portlatishni olmagan edi, deb tushuntirdi AQSh energetika vazirligi qoshidagi Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha milliy boshqarma vakillari.
Qurolga yangi dum qismi o‘rnatilgan bo‘lib, u Boeing kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgandir. 20 oktabr kuni Nevada shtatidagi Tonopa poligonida bomba F-15E qiruvchisidan reallikka yaqin sharoitlarda tashlab yuborildi. Sinov paytida ko‘zda tutilmagan hodisalar ro‘y bermadi, telemetrik ma'lumotlar to‘plangan, videoqaydlar amalga oshirilgan.
Birinchi sinov 1 iyul kuni amalga oshirilgan edi.
22 sentabrda bu bombalar Yevropada joylashtirilishi haqida xabarlar tarqatilgan edi. “Tornado” samolyotlariga ixtisoslashtirilgan 20ta bunday qurilma Germaniyaning Byuxel aviabazasiga yetkazilishi mumkin.