O‘zbekiston | 17:54 / 18.11.2015
6905
1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston bosh vaziri Mustaqillik maydoni va Samarqand shahrini ziyorat qildi

O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif 18 noyabr kuni Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoni va Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi.

Ushbu siyosatchi Mustaqillik maydoniga uyushtirgan tashrifi vaqtida Mustaqillik haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etgan.

Shu kuni pokistonlik siyosatchi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Pokiston Bosh vaziriga buyuk muhaddis Imom Buxoriyning boy ma'naviy merosi, muqaddas dinimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, mustaqillik yillarida Islom Karimov rahnamoligida bu yerda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida so‘zlab berildi.