Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:31 / 18.11.2015
5698
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya yangi yildan Ukrainaga nisbatan sanksiyalar joriy qiladi
Rossiya hukumati 2016 yil 1 yanvaridan Ukrainaga qarshi oziq-ovqat embargosi joriy etishga qaror qildi. Bu haqda iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayev bayonot berdi.
“Ukraina Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgani bois biz oziq-ovqat embargosi shaklidagi javob choralar ko‘rishga qaror qildik. Faqatgina bu qaror biroz ortga surilgan. U 1 yanvargacha qoldirildi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish