Jahon | 11:04 / 19.11.2015
3879
1 daqiqa o‘qiladi

Forbes: Miller – Rossiyaning eng qimmatbaho top-menejyeri

“Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller Rossiyaning eng qimmatbaho top-menejyerlari ro‘yxatida Forbes jurnali versiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Uning 2014 yildagi mehnat haqi 27 mln dollarni tashkil qildi, deyiladi nashrning ruscha saytida.

“Kompaniyaning daromadi rubl ifodasida 7 barobarga, dollar ifodasida 9 barobarga tushib ketgan bo‘lishiga qaramay, “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Millerning mukofoti, Forbes hisob-kitobiga ko‘ra, 25 mln dollardan 27 mln dollargacha o‘sdi”, - deyiladi maqolada.

Ikkinchi o‘rinda o‘tgan yilga ro‘yxatning yetakchisi – VTB rahbari Andrey Kostin turibdi. Uning mukofoti 21 mln dollarni tashkil qildi. Uchinchi pog‘ona esa 17.5 mln dollarga ega bo‘lgan “Rosneft” rahbari Igor Sechinga nasib qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish