Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 24 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.
OAV: AQSh IShIDning neft ortilgan 280 ta yuk mashinasiga aviazarba berdi>>
Suriyadagi neft ortilgan 280 ta yuk mashinasini yo‘q qildi.
OAV: maxsus xizmatlar bomba A321 bortining qayeriga o‘rnatilganini aniqlashdi>>
Tergovchilar va maxsus xizmat xodimlari Misrda halokatga uchragan Rossiyaning Airbus A321 samolyotining qayeriga portlovchi qurilma o‘rnatilganini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.
Kerri: mamlakatlarning o‘zaro birlashuvi IShIDni yo‘q qilishda qo‘l keladi>>
AQSh davlat kotibi Jon Kerri NBS telekanaliga bergan intervyusida AQSh va uning ittifoqchilari IShIDga qarshi kurashni yanada kuchaytirishlari lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
Rossiya teraktlarda aybdorlar jazolanmaguncha Kaspiy havo hududidan foydalanishni davom ettiradi>>
Rossiya IShID bilan kurashish hamda teraktlarda aybdorlar jazolanmaguncha Kaspiy havo hududidan foydalanishni davom ettiradi.
OAV: Parij yaqinida portlovchi qurilma o‘rnatilgan "shahidlar nimchasi" topildi>>
Parij shahri yaqinidagi hududda o‘rnatilgan chiqindi idishlaridan biridan "shahidlar belbog‘i" topilgan.
Belgiyada metro va maktablar 25 noyabrdan ochiladi>>
Belgiyada poytaxt metrosi va maktablar 25 noyabrdan ochiladi.
Putin va Xominaiy Suriya taqdirini suriyaliklar hal etishi lozimligini ta'kidlashdi>>
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron diniy rahnamosi Ali Xominaiy o‘zaro uchrashuv chog‘ida Suriyadagi siyosiy tartibsizlikni chetdan turib hal qilib bo‘lmasligi, buni Suriya xalqining o‘zi hal etishi lozimligini tasdiqlashdi.
BMT bosh kotibi KXDRga bormoqchiligini tasdiqladi>>
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun KXDRga tashrif qilish rejasi mavjudligini tasdiqladi.
Obama va Olland AQShdagi uchrashuvda Fransiyaning IShIDga qarshi kurashini kuchaytirishni muhokama qilishadi>>
Oq uy vakili Josh Ernestning ta'kidlashicha, AQSh va Fransiya prezidentlari Barak Obama va Fransua Olland 24 noyabrda Oq uyda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Fransiyaning IShID terrorchilik guruhiga qarshi harbiy choralarini kuchaytirish va razvedka ma'lumotlari bilan almashish masalalarini muhokama qilishadi.
Amerikaliklar sayohat vaqtida terakt qurboniga aylanishi mumkinligidan ogohlantirilishmoqda>>
AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni sayohatlarga chiqish orqali terakt tahdidi ostida qolishlari mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Britaniya parlamenti keyingi haftada Suriyadagi harbiy amaliyotlarni boshlash uchun ovoz berishi mumkin>>
Buyuk Britaniya parlamenti mamlakat harbiylarining Suriya hududidagi IShID jangarilariga qarshi harbiy amaliyotlarga kirishishi yoki kirishishmasligi masalasini hal qilish uchun ovoz berishi mumkin.
Oq uy: AQSh Rossiyani IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shishga tayyor, ammo hozircha Moskva bunga tayyor emas>>
Oq uy vakili Josh Ernestning ma'lum qilishicha, AQSh Rossiyani IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shishga tayyor, ammo hozircha Moskva bunga tayyor emas.
Rossiyalik dengizchi yuk kemasini katta tezlikda boshqarib, Shotlandiya qirg‘og‘iga borib urildi>>
Rossiyalik dengizchi, 129 metr uzunlikdagi yuk kemasini katta tezlikda boshqarib, Shotlandiyaning g‘arbiy qirg‘og‘idagi qoyaga borib urilgan.
Ekspert: IShID byudjyeti Tojikiston va Qirg‘iziston byudjyetiga teng>>
2015 yilda IShID byudjyeti 2 mlrd dollar miqdorida 250 mln dollar profitsit bilan belgilangan edi.
Belgiya hukumati Bryusseldagi xavfsizlik rejimini bir haftaga uzaytirdi>>
Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel Bryusseldagi xavfsizlik rejimi yana bir haftadaga uzaytirilganini ma'lum qildi.
Afina markazida portlash sodir bo‘ldi>>
Gretsiya poytaxti Afina shahri markazidagi tadbirkorlar federatsiyasi binosi yaqinida bomba portladi.
Sinayda portlash yuz berishi natijasida 3 kishi halok bo‘lib, 12 kishi jarohatlandi>>
Misrning Sinay yarim oroli hududida navbatdagi portlashlar yuz berdi va 3 kishi qurbon bo‘ldi.
USA Today: Rossiya va Eronning Suriyadagi maqsadlari boshqa-boshqa>>
Rossiya va Eronni birlashtirib turgan umumiy manfaatlar neft eksporti, yadroviy dastur hamda prezident Bashar Asadni saqlab qolish bilan bog‘liqdir.
OAV: Suriyada harbiy samolyot halokatga uchradi>>
Suriyaning Turkiya chegarasiga yaqin hududida harbiy samolyot halokatga uchradi.
Turk harbiylari: Su-24 samolyoti urib tushirilishidan oldin 10 marta ogohlantirildi>>
Turkiya harbiy amaldorlaridan biri Rossiyaga tegishli Su-24 rusumli bombardimonchi harbiy samolyoti Turkiyaning havo chegaralarini buzib o‘tganidan keyin uni urib tushirishga to‘g‘ri kelganini ma'lum qildi.
Su-24 uchuvchilaridan biri turkmanlarga asir tushdi. Ikkinchisining taqdiri noma'lum>>
Internetda Suriya bilan Turkiya chegarasi hududida turklar tomonidan urib tushirilgan Rossiyaga tegishli Su-24 rusumli harbiy samolyot uchuvchilarining parashyut orqali samolyotni tark etishi va ulardan biri Lataqiyadagi mahalliy aholi (turkmanlar - kun.uz izohi) tomonidan asir olinishi tasvirlari paydo bo‘ldi.
Suriyada rossiyalik jurnalistlar avtomobili o‘qqa tutildi: 3 nafar jurnalist jarohatlangan>>
Suriya hududida rossiyalik jurnalistlar mingan avtomobil o‘qqa tutildi.
"Boing" samolyotining O‘sh aeroportiga noqulay qo‘nishiga dvigatel tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan>>
Qirg‘izistonning O‘sh viloyati hududiga avariyaviy holatda qo‘nishga majbur bo‘lgan «Boing» samolyotida o‘ng dvigatel va gidravlika tizimida kelib chiqqan nosozliklar sabab bo‘lgan.
Belgiya adliya vazirligi: mamlakatda Suriyada borib kelgan 130 jangari bor>>
Ayni kunlarda Belgiya hududida Suriyadagi harbiy to‘qnashuvlarda ishtirok etgan 130 nafar jangari bor.
Saakashvili: Turkiya va Xitoydan kelayotgan yuklar korrupsiyani keltirib chiqarmoqda>>
Odessa bojxonasi Xitoy va Turkiyadan kelayotgan yuklarni qabul qilmaydi, negaki ular korrupsiyaga sababchi bo‘lmoqda.
Kreml: Samolyotimizni urib tushirishgani juda jiddiy hodisa>>
Rossiya Mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, Rossiyaga tegishli Su-24 samolyoti, katta ehtimol bilan, yerdan berilgan zarba oqibatida Suriyada qulagan.