Jahon | 20:52 / 24.11.2015
6321
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya muxolifati Su-24 uchuvchilari jasadini asirlikdagi o‘z sheriklari bilan almashtirmoqchi

Suriyadagi muxolif kuchlardan biri bo‘lmish "Ozod Suriya armiyasi" vakili Johid Ahmadning ma'lum qilishicha, uning guruhdoshlari o‘z tasarruflaridagi hududga tushgan Su-24 uchuvchisining jasadini Suriya hukumati qo‘lida asirlikda bo‘lgan o‘z safdoshlaridan biriga almashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, Ahmad muxolifatdagilar ikkinchi uchuvchining jasadini izlayotgani haqida xabar qilgan.

U muxolifatdagilar uchuvchining jasadini guruhning asirlikdagi aynan qaysi vakiliga almashtirishni istayotgani haqida aytmagan.

Biroz oldinroq, Turkiya tomonidan chegarani buzib o‘tgani uchun urib tushirilgan Rossiyaga tegishli Su-24 harbiy bombardimonchi samolyotining 2 uchuvchisi ham halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bu ma'lumot rasman tasdiqlanmagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining ta'kidlashicha, samolyot faqat Suriya hududida parvoz qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish