"Yuventus" jamoasining fransiyalik himoyachisi Patris Evra YeChL guruh bosqichining 5 turida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinga zaxiradan qo‘shildi.
Bu orqali 34 yoshli futbolchi o‘z faoliyatida 100-marta YeChL o‘yinida ishtirok etdi hamda bu borada fransiyaliklar o‘rtasida ikkinchi natijani qayd etdi.
Fransiya terma jamoasining sobiq a'zosi Terri Anri YeChL bahslarida 112 marta maydonga tushgan.