Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floyd Meyvezer Moskvada ommaviy ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer 4 dekabr kuni Rossiyaning Moskva shahrida ommaviy ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.
«Mashg‘ulotlarga barcha xohlovchilar tashrif buyurishlari mumkin. Ular afsonaviy sportchi bilan birgalikda eng ommaviy boks darslarini o‘tkazish bo‘yicha Ginnessning rekordlar kitobiga kirishlari mumkin bo‘ladi», deydi tadbir tashkilotchilari.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda ishtirok etuvchilarning soni 600 nafardan oshishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur tadbir Rossiya poytaxtidagi «Rossiya» markaziy davlat konsert zalida bo‘lib o‘tadi.