Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:02 / 30.11.2015
3552
1 daqiqa o‘qiladi
AQShning Afg‘onistondagi elchixonasi Kobulda terakt amalga oshirilishi ehtimolidan ogohlantirdi
AQShning Kobuldagi elchixonasi Afg‘oniston poytaxtiga terakt xavf solayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda CNN xabar tarqatgan.
Elchixona ma'lumotida aytilishicha, yaqin 48 soat ichida Kobulda terakt amalga oshirilishi mumkin.
"AQSh elchixonasi bu vaqt davomida Afg‘onistondagi amerikaliklarni Kobul shahri bo‘ylab harakatlanishda o‘ta ehtiyot bo‘lishga chaqiradi", deyilgan xabarda.
Bu bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berilmagan.
AQSh Davlat departamenti Afg‘onistondagi vaziyat yana beqarorlashayotganini qayd etgan.