Jahon | 17:43 / 02.12.2015
4927
1 daqiqa o‘qiladi

LA Times: Turkiya Yaqin Sharqdagi radikal guruhlarni qo‘llab-quvvatlamoqda

Suriya prezidenti Bashar Asadni ag‘darish ishtiyoqiga berilib ketgan Turkiya bu yo‘lda har qanday kuchlar, hatto radikal kayfiyatdagi ayrim muxolif guruhlar bilan hamkorlik qilishdan ham tap tortmayapti. Bu haqda The Los Angeles Times nashri yozmoqda.

Kolumnistning ta'kidlashicha, Anqara ko‘p bora mo‘'tadil muxolifatni qo‘llayotgani haqida bayonot berganiga qaramay, uning hamkorlari orasida radikal guruhlar ham bor. Ayrim ekspertlar hatto Turkiya IShID va “al-Qoida” bilan iqtisodiy aloqalarga egaligini taxmin qiladi.

Mintaqaviy ekspert Muin Rabboniyning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda Turkiya suriyalik muxoliflar uchun eng muhim davlat bo‘lib qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish