Jahon | 11:13 / 03.12.2015
6817
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada soxta pul sotayotgan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi

Rossiyaning Nijyegorodskiy viloyati Pavlov shahri savdo markazida qalbaki kupyuralar sotish bilan shug‘ullanib kelgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda politsiya idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

22 va 23 yoshli gumondorlar 2015 yil 15 oktabr kuni 1997 yil namunasi bo‘yicha qilingan 5 000 rubllik soxta pullarni sotishga harakat qilganida qo‘lga olindi.
Joriy yili viloyat hududida soxta pul aylanmasi qayd qilingan. Qalbaki kupyuralarning aksariyati 5 000 rubl nominaliga ega.

Bu holat yuzasidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida yuqorida esga olingan ikki kishi qo‘lga olindi. Ammo qalbaki pul savdosi hali to‘xtagani yo‘q – bunday pul birliklarining kattagina qismi hamon viloyat hududida aylanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish