Jahon | 09:47 / 04.12.2015
11761
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya parlamenti IShIDdan qator tahdidlar olishni boshladi

Buyuk Britaniya Suriyadagi IShID marralariga aviazarbalar berishni boshlagach, terrorchilar tomonidan mamlakat parlamentiga ijtimoiy tarmoqlar orqali turli tahdidlar bildirilmoqda. Bu haqda London politsiyasi ma'lumotiga asoslanib, iTV xabar bermoqda.

“Politsiya parlament a'zolarining manzillariga ijtimoiy tarmoqlar orqali turli tahdidlar bo‘lmoqda. Ayni damda ular bilan shug‘ullanyapmiz”, — dedi Skotlend-Yardning rasmiy vakili.

Tahdidlarning asosiy manzili Buyuk Britaniyani Suriyadagi IShID marralariga aviazarba berishida ko‘p ovoz bergan Leyboristlar partiyasi a'zolariga qaratilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish